2021 yil 29 avgust holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 155639 (+795) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 86 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 30 nafari Andijon viloyatida,
- 16 nafari Buxoro viloyatida,
- 21 nafari Jizzax viloyatida,
- 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 14 nafari Navoiy viloyatida,
- 23 nafari Namangan viloyatida,
- 68 nafari Samarqand viloyatida,
- 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 28 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 85 nafari Farg`ona viloyatida,
- 33 nafari Xorazm viloyatida,
- 115 nafari Toshkent viloyatida,
- 231 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1075 nafarni tashkil qildi.