AsosiyJamiyat

O`zbekiston 2021/2022 yil kuz-qish mavsumiga qanchalik tayyor? "O`zbekiston MET" AJ javob berdi

'O`zbekiston 2021/2022 yil kuz-qish mavsumiga qanchalik tayyor? "O`zbekiston MET" AJ javob berdi'ning rasmi

O`zbekiston 2021/2022 yilgi kuz-qish mavsumiga qanchalik tayyor? "O`zbekiston MET" AJ  AOKAda bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida shu kabi savollarga javob berdi.

Ma`lum bo`lishicha, kuz-qish mavsumida favqulodda holat yuzaga kelganda foydalanish uchun avariyaviy zaxira yaratish bo`yicha zarur amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 156 tonna transformator moyi, 0,7 tonna texnik plastinalar, 1 tonna selikogel, 15 tonna turli rusumli simlar, 9,8 km kabel mahsulotlari, 74 dona metall tayanchlar, 26 dona temir-beton tayanchlar, 17 dona turli quvvatdagi zaxira kuch transformatorlari zaxirasi yaratilgan.

 Avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 65 – ta navbatchi guruhlar brigadasi tuzilgan va ular maxsus avtotransport vositalari, aloqa apparatlari, zarur ehtiyot qismlar va himoya vositalari bilan ta`minlangan.

Maxsus, yuk avtotransportlari va mexanizmlari — hozirda Aksiyadorlik jamiyati balansida jami 308 ta bo`lib, shundan 155 ta maxsus, avtotransport, 95 ta yuk avtotransporti, 58 ta mexanizmlardan foydalanib kelinmoqda. Jamiyatimiz tomonidan joriy yil boshidan 17 ta yangi maxsus texnikalar xarid qilingan. Shundan, 4 ta tayanchlarni tashuvchi, 6 ta brigada maxsus avtomashinasi, 1 ta elektrotexnik laboratoriya, 3 ta yuk tortuvchi va 3 ta pikap yo`l tanlamas avtomashinalari.

Shuningdek, yil yakuniga qadar 8 ta podstansiyalar yana qo`shimcha 725 MVA quvvatga oshirilishi rejalashtirilgani aytilmoqda. 

Boshqa yangiliklar