AsosiyDunyo

Sayyoramizga ulkan asteroid yaqinlashmoqda

10 aprel kuni sayyoramizga juda yaqin, Er bilan Oy o`rtasidagi masofaning 26 barobarini, ya`ni 10,2 million kilometrni tashkil etuvchi yirik osmon jismi yaqinlashmoqda. 

2016 EH157 asteroidining diametri taxminan 120 dan 390 metrgacha etadi. Uni tasavvur qilish uchun ko`z oldingizga 200 metrli binoni keltirishingiz mumkin. Bu ma`lumotlar kichik sayyoralarni o`rganuvchi xalqaro astronomik ittifoq markazi olimlari tomonidan berilgan.

Asteroid yaqinda Catalina Sky Survey nomli mayda samoviy jismlarni kuzatish va o`rganish dasturi bilan shug`ullanuvchi astronomlari tomonidan avtomatik teleskoplar yordamida aniqlangan. 

Olimlarning asteroid Ona zaminimizga hech qanday xavf tug`dirmasligini ma`lum qildi.

Boshqa yangiliklar