Ushbu savolga bugun AOKAda o`tkazilayotgan brifingda Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyazmetova javob berdi:
Mehnat kodeksining 113-moddasi 3-qismiga muvofiq, agar xodim karantin va odam uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklarni tarqalishi tahdidi bo`lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o`tishni rad etgan taqdirda (sog`lig`i holatiga ko`ra qarshi ko`rsatma mavjud bo`lmaganda), ish beruvchi tomonidan ishdan chetlashtirish mumkin.