AsosiyJamiyat

Koreyada ishlab qaytgan va yana ishlashni xohlaganlar uchun koreys tili bo`yicha maxsus test imtihoni kunlari ma`lum qilindi

'Koreyada ishlab qaytgan va yana ishlashni xohlaganlar uchun koreys tili bo`yicha maxsus test imtihoni kunlari ma`lum qilindi'ning rasmi

Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirib qaytgan va mehnat faoliyatini yana davom ettirish istagida bo`lgan fuqarolar uchun koreys tili bo`yicha maxsus test imtihoni 2021 yil 8-17 sentyabr kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi  ma`lum qildi.

Nomzolarga quyidagi talablar qo`yilmoqda:

 

1. Fuqarolik va xorijga chiqish pasporti, 24 AQSh dollari miqdoridagi to`lov kvitansiyasi bilan kelish shart.

 

2. Imtihon boshlanishidan 1 soat oldin ko`rsatilgan manzilga etib kelish va ro`yxatdan o`tish lozim. Kech qolgan fuqarolar testga kiritilmaydi.

 

3. Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati shartlariga ko`ra, takror yoki qayta apellyasiya maxsus test imtihonlari o`tazilmaydi.

 

4. Fuqarolardan o`zlari bilan 2 dona oq fondagi hajmi 3.5x4.5 bo`lgan fotosurat olib kelishlari so`raladi.

 

5. Imtihonda elektron vositalardan (mobil telefon, har xil elektron soatlar, shpargalkalar va hakozo) foydalanish qat`iyan man etiladi.  

 

6. Inson resurslarini rivojlantirish xizmati talabiga muvofiq imtihon qoidalarini buzgan fuqarolar 3 yil davomida test imtihonlarida qatnashish imkoniyatidan mahrum qiladi.  

 

Maxsus test imtihoni chet el vakillari ishtirokida o`tkazilayotganini inobatga olgan holda imtihon jarayonida navbatga rioya qilish, madaniyatli, tartibli, shovqin qilmasdan, boshqa fuqarolarning manfaatiga putur etkazmasdan ishtirok etish so`ralmoqda.

 

Imtihoni bo`lib o`tadigan manzil: Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Parkent ko`chasi 331-uy. “Ishga Marhamat” monomarkazi binosi.  

️Ma`lumot uchun +99871-200-00-61, +99871-202-33-55 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar