Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi “Adabiy meros” nomli ilmiy elektron jurnalni nashrdan chiqardi. Bu haqda O`zR FA ma`lum qildi.
Jurnalda adabiyotshunoslikda o`z maktabini yaratgan fidoyi olimlar va adabiy jarayonni namoyish etuvchi eng yangi ilmiy asarlar haqida tanqidiy, bibliografik xarakterdagi maqolalar o`rin olib boradi.
Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga armug`on sifatida tayyorlangan ushbu sonda “Qadimiy bitiklar”, “Navoiy abadiyati”, “Manbashunoslik va matnshunoslik”, “Jadid adabiyoti” “Tilshunoslik”, “Oltin beshik” kabi ruknlarda ko`pgina yangiliklarga boy va ilmiy jihatdan muhim hisoblangan qiziqarli maqolalari o`rin olgan.
Jurnalda mamlakatimizning folklorshunoslik, tilshunoslik, adabiyotshunoslik sohasidagi eng etuk olimlari bilan bir qatorda AQSh, Germaniya, Turkiya, Koreya, Rossiya, Qozoqiston, Qirg`iziton, Ozarboyjon kabi mamlakatlarning taniqli olimlarining maqolalari o`rin olish bilan birga, jurnal tahrir hay`atidan ham ko`pgina xalqaro miqyosdagi olimlar joy olishgan.






