AsosiyShou-biznes

Dilnoza Kubaeva qaysi rolidan uyalishini aytdi

Aktrisa Dilnoza Kubaeva kino sohasiga endigina kirib kelayotganda o`zi suratga tushgan filmlarni hotirjam tomosha qila olmasligini bildirdi. 

Xususan “Shok.uz” sayti muxbirining “ ‘Kelgindi kelin’ filmida juda zamonaviy obrazda chiqqansiz, hozir nega unday kiyinmaysiz?” degan savoliga Dilnoza shunday javob berdi

“Hozir ‘Kelgindi kelin’ filmini ko`rsam uyalib o`tiraman. To`g`risini aytaman, o`sha paytda endi chiqayotgan aktrisa edim. Hali bu katta maydonda dovdirab yurgan qizcha bo`lganman. Men bunaqa kiyinmayman, deb talab qila olmasdim. Obraz shuni taqozo qilishi mumkin, to`g`ri. U qiz shunaqa o`sgan, lekin bizning o`zbekona qadriyatlar, urf-odatlar degan narsalar bor, muqaddas his-tuyg`ular bor. Mentalitet degan tushunchalar bor, shundan kelib chiqib, bu obrazimdan uyalaman”.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar