Kecha "Tez top!" ko`rsatuvi Zahroxon Qilichevaning jonli efir paytida tobi qochgani haqidag xabar bergan edik.
Kanal holat yuzasidan izoh berdi.
" Haqiqatan ham, jonli efir paytida boshlovchi o`zini yomon his qilgan. Natijada ijodiy guruh translyasiyani to`xtatishga majbur bo`lgan. Zahro Qilichevaga esa zudlik bilan tibbiy yordam ko`rsatilgan. Uning tobi qochishiga umumiy holsizlik va bosh aylanishi sabab bo`lgan. Lekin u buni sezdirmaslikka va oxirgi soniyagacha kasbiy burchini bajarishga uringan.
Ayni paytda telekanal boshlovchisining ahvoli qoniqarli va uning sog`lig`i uchun jiddiy xavf yo`q.
Xavotir olib izoh qoldirgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga telekanal nomidan minnatdorlik bildiramiz"