AsosiyJamiyat

"Ichki perevod" javoblari qachon chiqishi ma`lum qilindi

'"Ichki perevod" javoblari qachon chiqishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi "Ichki perevod" javoblari qachon chiqishini ma`lum qildi.

Unga ko`ra, talabalar o`qishini ko`chirish bo`yicha ro`yxatdan o`tkazilgan arizalar (oliy ta`lim muassasalaridan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tizimidagi oliy ta`lim muassasalariga mos va turdosh yo`nalishlar bo`yicha) vazirlik komissiyasi tomonidan ko`rib chiqildi.

Ko`rib chiqish natijalari ariza mualliflariga quyidagi tartibda e`lon qilinadi:

O`qishi ko`chirilishi tavsiya etilmaganligi bo`yicha ma`lumotlar ariza mualliflarining transfer.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi. Shunga ko`ra ushbu toifadagi talabalar 2021 yil 5 sentyabr kuni soat 10:00 dan boshlab arizalarining ko`rib chiqish natijalari bo`yicha shaxsiy kabinetlari orqali ma`lumot olishlari mumkin.

O`qishi ko`chirilishi tavsiya etilgan talabalar ro`yxati 2021 yil 6 sentyabr kuni 16:00 dan boshlab talabalar o`qishi ko`chirilishi so`ralgan oliy ta`lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida e`lon qilinadi.  

O`qishi ko`chirilishi tavsiya etilgan talabalarning bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida ko`chirilishi muayyan oliy ta`lim muassasasi tomonidan uzrli sabablarni asoslovchi hujjatlarning asli ko`rib chiqilgandan so`ng belgilanadi.

Boshqa yangiliklar