Para-taekvondochimiz Guljanoy Naimova jamoamiz uchun Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlariga chiroyli yakun yasab berdi. Hamyurtimiz Braziliya vakiliga qarshi kechgan bahsda g`alaba qozonib, oltin medal sohibasiga aylandi.
Shiddatli kechgan jangda Naimova o`zining aniq va ishonchli harakatlari bilan raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va delegasiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi. Qayd etish joiz, ushbu sportchimiz Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlarida delegasiyamiz nomidan ishtirok etgan eng so`nggi vakilimiz bo`ldi. Bir oz avval para-engil atletikachimiz Muhammad Rexsimov F61 toifasida yadro uloqtirish bahslarida 6-natijani qayd etdi.
Shu tariqa, Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlarini O`zbekiston delegasiyasi 19 ta medal (8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza) bilan yakunladi.