2021 yil 31 avgust kuni Toshkent viloyat hududida o`tkazilgan «Qidiruv» tadbiri davomida, Norin tuman IIB Probasiya hisobida turib kelayotgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, fuqaro belgilangan jazo muddatini o`tamasdan noma`lum tomonga yashiringan. Unga nisbatan 2021 yil 8 iyul` kuni JIB Uchqo`rg`on tuman sudi tomonidan qidiruv e`lon qilingan.
2016 yilda Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi va 164-moddasi 4-qismi bilan sudlangan, 1998 yilda tug`ilgan fuqaroni Norin tuman IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan Toshkent viloyati Toshkent tumanida mebel` ishlab chiqarish sexida ishlab yurganligi aniqlanib, tuman IIB VShga joylashtirilgan.