AsosiyMadaniyat

Turizm va sport vazirligi ko`magida keng ko`lamli realiti-shou suratga olinmoqda

'Turizm va sport vazirligi ko`magida keng ko`lamli realiti-shou suratga olinmoqda'ning rasmi

Butun dunyodagi pandemiya bilan bog`liq vaziyatga qaramay, yurtimizda "teleturizm" muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Mashhur teleshoular mualliflarining tasvirga olish ishlarini O`zbekistonda o`tkazishga bo`lgan qiziqishlari buning yorqin dalilidir.

Yaqinda O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Belgiyaning “Eccholine” kompaniyasi bilan realiti-shou yaratishga doir shartnomani imzoladi. Loyiha 15 yil davomida efirga uzatilib, katta shuhratga erishgan.

Realiti shou bir necha jamoalar poygasi orqali muayyan mamlakat madaniyatini ochib berishga qaratilgan hamda u millionlab fransuz tomoshabinlaridan iborat auditoriya tomonidan katta qiziqish bilan kuzatiladi.

Shu munosabat bilan Namanganga 100 kishidan iborat suratga olish guruhi etib keldi. Ular 16 kun davomida O`zbekistonning turli shaharlarida - Qo`qondan Nukusgacha shou-ko`rsatuvini tasvirga oladi.

Loyiha turizm sohasidagi tadbirkorlarning daromadini oshirish imkonini beradi, chunki uni yaratishga gidlar, turoperatorlar, mehmonxonalar va hunarmandlar jalb qilingan.

"Biz Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovdan g`oyalarimizni to`liq qo`llab -quvvatlagani uchun minnatdormiz. Aytishim mumkinki, O`zbekiston boshqa davlatlardan farqli ravishda tasvirga olish guruhlarini juda samimiy kutib oldi. Biz sizning mehmondo`stligingizdan mamnun holda O`zbekistonni o`z tomoshabinlarimiz orasida targ`ib qilishga tayyor ekanligimizni bildiramiz", - deya ta`kidladi loyiha menejeri Safi Dehili.

Shou-ko`rsatuvning Fransiya televideniesidagi taqdimoti 2022-yilning bahoriga rejalashtirilgan.

Avvalroq, 2018-yilda O`zbekistonda mashhur “BBC Two” telekanalining "Dunyo bo`ylab poyga" turistik realiti -shousi suratga olingan. 2020-yilda uning mualliflari Britaniyaning eng nufuzli televizion va kino mukofoti hisoblangan “BAFTA”ga sazovor bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar