1

Ikkinchi Xalqaro baxshichilik san`ati festivali Nukusda o`tkaziladi

Madaniyat 07.09.2021, 15:20
Teglar: Xalqaro baxshichilik festivali
Ikkinchi Xalqaro baxshichilik san`ati festivali Nukusda o`tkaziladi

Baxshichilik san`atini respublika va xalqaro miqyosda keng targ`ib qilish, Xalqaro baxshichilik san`ati festivalini respublikaning boshqa hududlarida ham o`tkazish maqsadida ikkinchi Xalqaro baxshichilik san`ati festivalini o`tkazish joyi etib Nukus shahri belgilandi.  Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida Madaniyat vazirligi mutasaddilari ma`lum qildi.

Festivalda mahoratli baxshilarni saralab olish maqsadida joriy yilning 12-14 sentyabr kunlari Nukus shahrida baxshilar o`rtasida ko`rik-tanlov tashkil etiladi.

Mazkur tadbirda ilmiy-amaliy konferensiyalar, xorijiy va O`zbekiston san`ati ustalari hamda baxshi-shoirlar konsertlari o`tkaziladi. Shuningdek, sayillar, baxshichilik san`ati tarixiga oid ko`rgazma, o`zbek, fors, arab, ingliz va rus tillarida nashr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlari hamda ilmiy-ma`rifiy adabiyotlar namoyishi bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.  

Festival doirasida o`tkazilishi rejalashtirilgan konferensiyani epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda onlayn va offlayn (gibrid) shaklda o`tkazish rejalashtirilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1