Tolibon o`zining yangi muvaqqat hukumatini e`lon qildi. Afg`onistondagi Tolibon harakatining rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid mamlakatning yangi hukumatiga kimlar kirishini ma`lum qildi.
Bu haqda Ariana News manbasi Mujohidning so`zlariga tayanib ma`lumot berdi. Unga ko`ra, Afg`oniston razvedka vaziri etib Tolibon siyosiy qanotining a`zosi Mulla Abdulhaq Vasik tayinlangan.
Tolibon so`nggi kunlarda yangi hukumat tuzish ustida jiddiy ish olib borayotganini aytib kelayotgandi.
Hozirda harakatning besh etakchisi bor. Shu paytgacha 26 kishilik Oliy maslahat va qaror qabul qiluvchi kengashi ham amal qilib kelgan.
Afg`oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi - mulla Muhammad Hasan Oxund.
Vazirlar mahkamasi rahbarining yangi o`rinbosari - mulla Abdulg`ani Baradar.
Mudofaa vaziri - Tolibon asoschisi Muhammad Yoqub Mujohidning o`g`li.
Ichki ishlar vazirligi boshlig`i "Haqqoniy tarmog`i" asoschisi Sirajuddin Haqqoniyning o`g`li.
Madaniyat va axborot vaziri - Zabihulloh Mujohid.
Tashqi ishlar vaziri - mulla Amirxon Muttaki.
Razvedka vaziri - Abdul Haq Vasik.
Risolat MAXSIMOVA