AsosiySport

MDH o`yinlari: O`zbekiston hisobida 57 ta medal bor

'MDH o`yinlari: O`zbekiston hisobida 57 ta medal bor'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Qozon shahrida davom etayotgan I MDH o`yinlari o`zining hal qiluvchi pallasiga kirib ulgurdi. Ayni paytda O`zbekiston jami 57ta medal jamg`argan holda umumjamoa hisobida 2-o`rinni egallab turibdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.

O`zbekiston hisobida 16ta oltin, 23ta kumush va 18ta bronza medali mavjud. Musobaqada rossiyaliklar katta farq bilan etakchilik qilishmoqda. Ular hisobida 61ta oltin, 18tadan kumush va bronza medallari mavjud. Kuchli uchlikka 9ta oltin, 6ta kumush va 15ta bronza medaliga ega Ozarbayjon yakun yasab beradi.

Shuningdek, Qozog`iston, Qirg`iziston va Belarus vakillari ham oltin medal jamg`arishgan. Tojikiston, Armaniston va Moldova vakillari hisobida esa bironta ham oltin medal yo`q.

Musobaqalar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar