1

"Abdulla Oripov" hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tdi

Madaniyat 07.09.2021, 21:15
"Abdulla Oripov" hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tdi

Bugun, 7 sentyabr kuni Adiblar xiyobonida O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag`ishlangan hujjatli filmning premerasi o`tkazildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va kinoijodkorlar bilan o`tkazilgan uchrashuvning 92-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda “Xalq yuragi” turkumidagi 24 nafar adiblarga bag`ishlangan filmlar yaratildi.    

Premeradan oldin Kinematografiya agentligi va Toshkent irigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislarii instituti tomonidan "She`riyatga baxshida umr" mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil etiladi. Tadbirda shoir hayoti va ijodiga bag`ishlangan ma`ruzalar, she`riy parchalar ijro etildi. Ma`lumot uchun, bu yil Abdulla Oripov tavalludiga 80 yil to`ldi.

Shundan so`ng, Kinematografiya agentligi va Toshkent irigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislarii instituti buyurtmasiga binoan “SPECTRE” studiyasi tomonidan suratga olingan “Abdulla Oripov” hujjatli filmi namoyish etildi.  

Ssenariy muallifi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi rassom Akmal Saidov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, ijrochi prodyuser Davronxo`ja Abdug`aniev.

Filmni tasvirga olish ishlari Toshkent va Qashqadaryo viloyatida, Toshkent shahrida hamda “O`zbekfilm” kinokonserni pavilonida bo`lib o`tgan.

Kuni kecha Bobur haqidagi hujjatli film namoyish etilgandi. Oldinda Ogahiy, Cho`lpon, G`afur G`ulom, Erkin Vohidov va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premeralari bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1