AsosiyDunyo

Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri qutqaruv jarayonida halok bo`ldi

'Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri qutqaruv jarayonida halok bo`ldi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Evgeniy Zinichev xizmat vazifasini bajarayotgan paytda fojiali halok bo`ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, kutilmagan o`lim vazir Evgeniy Zinichev Arktika zonasini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo`yicha idoralararo mashg`ulotlarga qatnashayotgan paytda yuz bergan. 

Zinichev Dudinka shahriga Krasnoyarsk o`lkasi gubernatori Aleksandr Uss bilan birga yangi o`t o`chirish punkti qanday qurilayotganini tekshirish uchun kelgan. O`sha joyga suratga olish uchun kelgan RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan o`z telegram kanalida voqea tafsilotlarini yozib qoldirgan. Uning yozishicha, vazir va operator jarlik chetida turishgan, operator sirg`alib suvga tushib ketgan. Zinichev uni qutqarish uchun yuguradi va chiqib turgan toshga uriladi. Shu tarzda   operator ham vazir ham vafot etishgan.

 

    Boshqa yangiliklar