AsosiyMadaniyat

Bugun Maqsud Shayxzoda haqidagi hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tadi

'Bugun Maqsud Shayxzoda haqidagi hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Bugun soat 19:00 da Adiblar xiyobonida Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bag`ishlangan “Ikki xalq dilbandi” hujjatli filmining premerasi o`tkaziladi. Mazkur turkum hujjatli filmlar premeralari Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yilda bo`lib o`tadigan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilmoqda. Bu haqda  Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

“Ikki xalq dilbandi” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi va Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “First art media” studiyasi tomonidan suratga olingan.

 

Kuni kecha Bobur, Abdulla Oripov, G`afur G`ulom hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etilgandi. Oldinda 29 sentyabrga qadar Ogahiy, Cho`lmon, Abdulla Qodiriy, Oybek va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premeralari bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar