AsosiySUG'DIYONA

Superayol: ko`p bolali ona o`zining 40 yoshida 20 yoshday ko`rinadi (Foto)

Ona bir vaqtning o`zida ham sport ham bolalar bilan shug`ullanadi.

40 yoshli Jennifer Gelman – ko`p bolali ona hisoblanadi. U uzoq vaqt qanday qilib, ham fitnes bilan ham bolalar tarbiyasi bilan shug`ullanish mumkinligi haqida o`yladi. Qalovini topsang qor ham yonadi deganlariday, bu muammonining echimini topildi, deb xabar berdi “Deti.mail.ru” nashri.

Jennifer farzandlarini dunyoga keltirgunga qadar sport bilan jiddiy shug`ullangan. Bolalari tug`ilgandan keyin o`ziga umuman vaqt ajratolmagan. “Qancha elib-yugursam-da, hech nimaga ulgurmayman, to`rt bolaga qarash, ularning kiri, ovqati, yana uy yumushlaridan ortib, o`zimga vaqt ajrata olmayotganimdan juda siqildim. Buni ustiga shuncha tashvish odamni charchatib qo`yar ekan”, – dedi Gelman The Sun nashriga bergan intervyusida.

Natijada Jennifer juda oddiy va oqilona qarorga keldi. U jismoniy mashqlarni bajarayotganda bolalarini ham mashqqa jalb etadi, ular uchun bu mashqlar qiziqarli o`yin vazifasini o`taydi. Masalan, u bolasini arg`imchoqda uchirayotganda o`tirib-turish mashqlarini yoki o`yinchoq mashinada o`tirgan bolasini sudrayotganda boshqa mashqlarni bajaradi.

“Sportga ozgina ijodiy yondashilsa, hamma narsani amalga oshirish mumkin bo`lar ekan!”– deb ta`kidlaydi Jennifer.

Uning aytishicha, bolalari bunday o`yinlarga judayam qiziqib qolishgan, endlikda ular birgalikda yana qanday mashqlarni bajarish mumkinligi ustida bosh qotirishmoqda.

Boshqa yangiliklar