O`zbekistonda 2021 yilning 1 sentyabriga qadar qiymati 2 514,7 mln. dollarlik 129 ta loyihar foydalanishga topshirildi, 21 302 ta yangi ish o`rni yaratildi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshlig`i Shohrasul Shoha`zamiy ma`lum qildi.
Jumladan, umumiy qiymati 1747,5 mln. dollarga teng 33 ta “Tarmoq” loyihalari hamda 767 mln. dollarga teng 96 ta “Hududiy” loyihalardir.
“Tarmoq” loyihadarga misol qilib keltirib:
Navoiy viloyatida umumiy qiymati 110 mln. dollarga teng “Davlat-xususiy sheriklik asosida quvvati 100 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasini" qurish” loyihasi (20 ta yangi ish o`rinlari);
Navoiy viloyatida umumiy qiymati 247,6 mln. dollarga teng "Uyumda eritmaga o`tkazish sexining (SKVZ) texnogen chiqindilarini qayta ishlash majmuasini qurish GMZ-7 (I-II bosqich) loyihasi (1 158 ta yangi ish o`rinlari);
Qashqadaryo viloyatida umumiy qiymati 75,1 mln. dollarga teng "Alan" konida siquv kompressor stansiyasini qurish loyihasi (29 ta yangi ish o`rinlari);
Surxondaryo viloyatida umumiy qiymati 80,4 mln. dollarga teng To`polang daryosida Zarchob KGESlar kaskadini qurish (2-bosqich) loyihasi (44 ta yangi ish o`rinlari);
Umumiy qiymati 457,8 mln. dollarga teng “Respublika bo`yicha elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy qilish loyihasi;
Fargona viloyatida umumiy qiymati 70,2 mln. dollarga teng "Kvars" AJ tomonidan float oyna ishlab chiqarish yangi liniyasini qurish (280 ta yangi ish o`rinlari) loyihalarini aytish mumkin.