1

Bugun Ibroyim Yusupov haqidagi hujjatli film premera qilinadi

Madaniyat 13.09.2021, 12:17
Teglar: Ibroyim Yusupov
Bugun Ibroyim Yusupov haqidagi hujjatli film premera qilinadi

Bugun soat 18:00 da Adiblar O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov haqidagi "Ashq ayaz" hujjatli filmi premera qilinadi. Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Qoraqalpoqfilm” studiyasi hamda Toshkent kimyo texnologiya instituti bilan hamkorlikda suratga olingan.  

Ma`lum qilinishicha, mazkur film O`zbekiston Respublikasi Pezidentining tashabbusi bilan suratga olinayotgan "Xalq yuragi" turkum filmlaridan biri.

Ssenariy muallifi Muratbay Nizanov, rejissyor Aziz Askarov, operator Asenbay Askarov.  Filmda shoirning yashagan davrlari, adiblar va shogirdlarining intervyularidan foydalaniladi.

Shuningdek, 29 sentyabrga qadar Cho`lpon, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Zulfiya va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo`lib o`tishi aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1