AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda YaIM 4000 dollarga oshiriladi

'O`zbekistonda YaIM 4000 dollarga oshiriladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ma`lum qildi.

"Aholi jon boshiga to`g`ri keladigan yalpi ichki mahsulot tushunchasini aholi daromadlari bilan chalkashtirmaslik kerak. Hozir O`zbekistonda YaIM nominal bo`yicha 1750 dollar atrofida. O`rtacha oylik ish haqi esa 2,6 million so`m, Toshkent shahrida 4,2 million so`m. Ikkala tushuncha o`rtasida farq bor.

Aholi jon boshiga to`g`ri keladigan YaIMni 1,6 barobarga oshirish bo`yicha imkoniyatlar etarli, aniq hisob-kitoblar qilingan. Bundan maqsad O`zbekistonda kambag`allikni ikki barobarga qisqartirish.

YaIMni 2800 dollarga, 2030 yilgacha esa 4000 dollarga oshirish natijasida xalqaro standartlarga ko`ra, yuqori-o`rta daromadli mamlakatlar qatoriga kiramiz. Xalqaro standartlarga muvofiq, YaIM 1000 dollargacha — daromadi past, 1000 dan 4000 dollargacha — past-o`rta, 4000 dan yuqori — yuqori-o`rta, 10 000 dollardan yuqori — yuqori daromadli mamlakatlar sifatida tasniflanadi", - dedi  Hakimov

    Boshqa yangiliklar