The Hill nashriga tayanib berilgan xabarga ko`ra, Amerika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) tomonidan o`tkazilgan tadqiqot natijalari "COVID-19"ga qarshi emlangan odamlarga koronavirus yuqsa, o`lim xavfi 11 baravarga kamayishini ko`rsatgan.
Tadqiqotda 600 mingdan ziyod insonlar qatnashgan. Tadqiqotlarning natijalariga ko`ra, vaksina infeksiya holatida kasalxonaga yotqizilish xavfini taxminan 11 baravarga kamaytiradi. Shuningdek, emlangan odamlar kamroq kasallanadilar, bu esa emlanmaganlarga qaraganda 4,5 baravarga kam.