AsosiyJamiyat
4842

Toshkentdagi maktablardan birida namunali tibbiyot xonasi tashkil etildi

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan Sog`lom ona va bola yili hamda Jahon salomatlik kuniga bag`ishlangan ma`rifiy tadbir o`tkazildi. 

Xotin-qizlar qo`mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xalq ta`limi, Sog`liqni saqlash vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida sog`lom oila qurish, go`daklarning sog`lom tug`ilishi, ularni barkamol insonlar etib tarbiyalash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Qo`mita tomonidan ta`lim maskanlarida tibbiyot xonalari tashkil etilib, zarur jihoz va tibbiy uskunalar bilan ta`minlanmoqda. Mazkur tibbiyot xonalari o`quvchilar va maktab pedagogik jamoasiga birlamchi tibbiy-sanitariya va profilaktik yordam ko`rsatish, tibbiy madaniyatni yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. 

Tadbir doirasida Mirobod tumanidagi 57-ixtisoslashtirilgan maktabda namunali tibbiyot xonasining ochilishi bo`lib o`tdi. 

“Salomatlik har bir inson uchun tengsiz boylikdir”, – deydi maktab direktori Svetlana Jeleznyakova. – Maktabimizda aqliy rivojlanishi, tayanch-harakat a`zolarida xastaliklari bo`lgan bolalar bilim oladi. Yangi tashkil etilgan tibbiyot xonasi ularning salomatligini doimiy nazorat etib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqa yangiliklar