1

Turk professori: Kongressning ahamiyati buyuk allomalar asarlari chet tillariga tarjima qilinib, dunyoga taqdim etilayotganida

Madaniyat 14.09.2021, 11:10
Teglar: Kongress
Turk professori: Kongressning ahamiyati buyuk allomalar asarlari chet tillariga tarjima qilinib, dunyoga taqdim etilayotganida

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Toshkentda "O`zbekiston madaniy merosi – yangi renessans poydevori" V xalqaro kongressi bo`lib o`tmoqda. Turkiya Selchuk universiteti professori  mazkur kongress haqidagi taassurotlarini bo`lishdi.

"Ma`lumki, o`zbek madaniy merosi ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Bugungi kunda sharq madaniy merosiga beshik aynan men uchun muqaddas diyor O`zbekiston hisoblanadi. Biroq al-Xorazmiy, al-Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi allomalarning asarlari arab alifbosida ifoda etilgan.  O`zbekistonda "Markaziy Osiyo jahon sivilizasiyalari chorrahasida" xalqaro madaniy forumi va Madaniy meros Kongressining ahamiyati ham aynan mana  shu madaniyatning rus, ingliz tillarida tarjima qilinib, dunyoga taqdim etilayotganida deb o`ylayman. O`zbekiston rahbariyatining yangi O`zbekiston va uchinchi Renessans haqidagi fikrlari nazarimda mana shu jihatlarni o`z ichiga oladi. Bugungi kunda chin ma`noda davlatingiz bu kabi tadbirlar orqali dunyoga yuz tutadi", —deydi turk professori.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1