AsosiySiyosat

Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yangi mexanizmlar joriy etilmoqda

Президентнинг 2026 йил 4 февральдаги фармонига мувофиқ, 1 июлдан республика ва ҳудудий бозорлар таҳлили асосида ўзлаштириш тавсия этиладиган рақобатбардош маҳсулотлар рўйхати босқичма-босқич шакллантириб эълон қилинади.

'Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yangi mexanizmlar joriy etilmoqda'ning rasmi

Prezident farmoni bilan mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirishga qaratilgan instrumentlar joriy etildi. Unga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda qo‘shilgan qiyamat zanjirlarini oshirishga xizmat qiluvchi mahsulotlar sohalar kesimida aniqlandi.

Farmon ijrosi doirasida Raqobat qo‘mitasiga bozorlarning to‘yinganlik darajasini o‘rganish vazifasi yuklatilgan. Qo‘mita huzuridagi Tadqiqotlar markazi tomonidan ilg‘or ekonometrik usullar asosida 150 dan ortiq tahli o‘tkazilib, ishlab chiqarishga tavsiya etiladigan 110 turdagi tovar bozorlari aniqlandi.

Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha qisqa muddatli narx prognozlari tayyorlanib, ular Vazirlar Mahkamasi va tegishli idoralarga taqdim etilmoqda. Bundan tashqari, biznes faolligi va hududiy raqobatbardoshlik indekslari ishlab chiqilib, iqtisodiyotda raqobat muhitini baholash amaliyotiga joriy etildi.

    Boshqa yangiliklar