AsosiyJamiyat
2204

Koronavirusga qarshi emlash pandemiya dinamikasiga qanday ta`sir o`tkazadi?

'Koronavirusga qarshi emlash pandemiya dinamikasiga qanday ta`sir o`tkazadi?'ning rasmi

 Vaksinasiya zarurligi borasidagi shubhalar — sog`liqni saqlash tizimida azaldan mavjud bo`lgan muammo deb baholanmoqda.

 "Ijtimoy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o`rganish markazi tomonidan o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra, respondentlarning 53,2 foizi emlashga tayyorligini ko`rsatgan, 36,5 foizi emlashdan voz kechgan, 10,3 foizi esa hali bir to`xtamga kelmagan.

Vaksinasiyadan voz kechish pandemiya davrini uzaytirishi mumkin, bu esa og`ir ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib borishi mumkinligi aytilmoqda.

Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari emlash haqidagi shubhalarning mamlakatdagi epidemiologik vaziyat dinamikasiga ta`sirini baholash maqsadida tadqiqot o`tkazgan. 

Tadqiqot natijalariga ko`ra, aholini ommaviy emlash o`lim darajasini 40% ga, virus tarqalish tezligini esa 0,83 ga kamaytirishi mumkin.

 Tahlilllarga ko`ra, Kermak va MakKendrik tomonidan ishlab chiqilgan SIR klassik epidemiologik modeli olingan. Ushbu model 9 ta differensial tenglamalardan iborat bo`lib, ular vaksinasiya o`tkazish tempining Covid-19 bilan kasallanish va o`lim holatlari, shuningdek, mamlakat iqtisodiga ta`sirini baholash imkonini berishi mumkin.

Vaksinasiya qo`llanmagan holda virusning tarqalish tempi 3,8 (kasallangan har 10 kishi o`rtacha 38 kishiga kasallikni yuqtirgan bo`lar edi) ko`rsatkichini tashkil etgan, pandemiya esa o`tish davrining 110 kunida o`zining uchinchi avj pallasiga etgan bo`lar edi.

 Emlash boshlanganidan beri virus tarqalish tezligi 3,8 dan 2,9 gacha kamaygan. 

Emlashning bu darajasi saqlanib qolganida, joriy yilning noyabr oyi oxirigacha 3,43 million kishi to`liq emlangan bo`lar edi. Aholining emlashga tayyorligi 50% dan 70% gacha oshsa, u holda emlanganlar soni 5,31 million kishini tashkil qilib  o`lim darajasi 6% ga kamaygan bo`lar edi.

Aholining vaksinasiya borasidagi shubhalari pandemiya dinamikasiga sezilarli salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Vaksinani tez sur`atlarda joriy etish qisqa vaqt ichida aholida jamoaviy immunitetga ega bo`lish, iqtisodiy faolligimizni oshirish, cheklovchi chora-tadbirlarni qayta joriy etish xavfini kamaytirish imkonini beradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar