AsosiyDunyo

Misrda fir`avn Joserning qayta tiklangan qadimgi maqbarasi sayyohlar uchun ochildi

'Misrda fir`avn Joserning qayta tiklangan qadimgi maqbarasi sayyohlar uchun ochildi'ning rasmi

Ehromda ta`mirlash ishlari 2006-yilda boshlangan. 15 yillik ta`mirlanishdan so`ng eng qadimgi maqbara hisoblangan Joser piramidasi janubiy qismidagi daxma sayyohlar uchun ochildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Joser ehromining janubiy qismidagi inshoot asosan er ostida bo`lib, ierogliflar va toshlar bilan bezatilgan yo`lak labirintini tashkil etadi. Markaziy qabristonda Misrning uchinchi sulolasi davrida granit bilan qoplangan katta sarkofag mavjud.

Janubiy daxmadan tashqari majmuada 11 ta piramida, shu jumladan zinali piramida, shuningdek, qadimgi hukmdorlarning yuzlab qabrlari va Kopt davriga oid boshqa yodgorliklar mavjud.

Ma`lumot o`rnida, daxma - qabr ustiga o`rnatilgan me`moriy inshoot, maqbara. Ba`zi yuqori tabaqali kishilar ko`miladigan alohida bino, hovlilar ham daxma deyilgan. Ular qimmatbaho, mustahkam toshlardan ishlanib, go`zal va nafis naqshlar bilan bezatilgan.

    Boshqa yangiliklar