Afg`onistonning sobiq prezidenti Ashraf G`ani Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitiga taklif qilindi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning jurnalistlar bilan suhbatidagi nutqiga tayanib, "Sputnik" xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Lavrov jurnalistlarga Afg`oniston ShHTda kuzatuvchi ekanini qayd etgan va bunday davlatlarning vakillari tashkilotning har bir yig`ilishida qatnashishi kerakligini aytgan.
"Afg`onistonda sodir bo`lgan voqealar munosabati bilan, prezident G`ani qon to`kilmasligi uchun o`z lavozimini tark etishga qaror qilib, mamlakatni tark etganida, vaziyat o`zgardi", — degan Rossiya tashqi ishlar vaziri va respublikaning sobiq rahbari Afg`onistonda hukumat o`zgarmaganida ShHTning yubiley sammitida qatnashishi mumkin bo`lishini aytgan va G`anining sammitga taklif qilinganini tanqid qilgan.
Ma`lumot uchun, Tojikiston poytaxti Dushanbeda 16–17 sentyabr kunlari ShHTga a`zo davlatlar rahbarlarining yubiley sammiti bo`lib o`tadi. Uchrashuvda asosiy mavzu Afg`onistonga qaratiladi.