Afg`oniston ayollar futbol jamoasi «Tolibon» tahdididan so`ng Pokistonga evakuasiya qilingan.
"Dawn" internet nashrining xabar berishicha, 14 sentyabr kuni afg`onistonlik futbolchilar oilalari bilan «Torham» nazorat-o`tkazish punkti orqali Pokistonga olib o`tilgan.
Avvalroq, AQSh milliy futbol terma jamoasining sobiq futbolchilari mamlakat hukumatini afg`onistonlik futbolchilarga gumanitar boshpana berishga chaqirgan edi.
«Futbol bo`yicha Afg`oniston ayollar milliy terma jamoasi ta`qib qilinmoqda, ularning hayoti xavf ostida va bularning barchasi ular o`zlariga yoqqan sport turi bilan shug`ullangani uchun bo`lmoqda. Evakuasiya jarayonidagi qiyinchiliklarga qaramay, sizdan jiddiy xavf ostida bo`lgan afg`onistonlik futbolchilarni zudlik bilan himoya qilishni so`raymiz», deyiladi AQShlik sobiq futbolchilar bayonotida.






