Chexiya Prezidenti Milosh Zeman Praga shahridagi markaziy harbiy kasalxonaga yotqizildi, deya xabar berdi Pravo gazetasi.
Ma`lumotlarga qaraganda, 76 yoshli Zeman uzoq vaqt kasalxonada yotishi mumkin. U oyoq nevropatiyasi bilan og`rib kelardi, kasallik tufayli yaqinda nogironlar aravachasidan foydalana boshlagani ma`lum bo`ldi.
Prezident eshitish qobiliyati va qon bosimi pastligidan shikoyat qiladi. Bundan tashqari, Zeman qandli diabetga ham chalingan, o`shandan beri u shifokorlar nazorati ostida bo`lib turgan edi.
Gazetaning yozishicha, Chexiya sobiq Prezidenti Vaslav Klaus ham Pragadagi markaziy harbiy kasalxonada. U qon bosimining keskin ko`tarilishi tufayli kasalxonaga yotqizilgan.






