AsosiyDunyo

"Lancet" jurnali koronavirusdan ommaviy revaksinasiyani tanqid qildi

'"Lancet" jurnali koronavirusdan ommaviy revaksinasiyani tanqid qildi'ning rasmi

Maqolada mualliflar xalqaro olimlar guruhi, jumladan, JSST xodimlarining tavsiyalarini e`lon qilishdi.

Mutaxassislarning fikriga ko`ra, mavjud vaksinalar juda samarali va hozirda aholini ommaviy tarzda shoshilinch qayta emlashga hojat yo`q.

Bundan tashqari, shifokorlar vaksinani muddatidan oldin yoki takroriy dozalarini qabul qilish turli kasalliklarga olib kelishi mumkinligini ta`kidlashgan.

Xususan, mutaxassislarning ma`lumotlariga ko`ra, mRNK vaksinalari (masalan, Pfizer va Moderna) va adenovirusga asoslangan vaksinalar, jumladan, Rossiyaning "Sputnik V" vaksinalari miokardit va Guillain-Barre sindromiga sabab bo`lishi mumkin.

Maqolada ta`kidlanishicha, COVID-19'ga qarshi birlamchi emlashning afzalliklari koronavirus bilan kasallanish xavfidan yuqori. Ya`ni vaksina qabul qilish insonda koronavirusga chalinish ehtimolini keskin kamaytiradi.

Ta`kidlanishicha, vaksinaning kuchaytiruvchi dozalarini tavsiya qilishdan oldin mutaxassislar tegishli tadqiqotlar olib borishlari kerak.

    Boshqa yangiliklar