Evropa Ittifoqi blok-texnologiya rivojlanishiga ko`maklashish uchun milliardlab dollarlik loyihaning bir qismi sifatida blockchain, ma`lumotlar infratuzilmasi va yuqori ko`rsatkichli hisoblash texnologiyalariga investisiya kiritmoqda. Bu haqda BIoomberg ma`lum qildi.
Evropa Ittifoqining 750 mlrd evrolik (887 mlrd dollar) pandemiyadan qutqarish jamg`armasining beshdan bir qismi raqamli texnologiyalarga sarflanadi. Rasmiylar moliyalashtirishni 2030 yilga qadar turli sohalarga yo`naltirmoqchi:
▪️ ma`lumotlar infratuzilmasi;
▪️ energiya sarfi kam bo`lgan prosessorlar;
▪️ 5G aloqasi;
▪️ yuqori ko`rsatkichli hisoblash;
▪️ xavfsiz kvant aloqasi;
▪️ davlat boshqaruvi;
▪️ blokchain xizmatlari;
▪️ raqamli innovasiya;
▪️ raqamli intellektlarga investisiya kiritish.






