Ba`zi bir ayollar o`zlarining tashqi qiyofasini xunuk va suratbop hisoblashmaydi. Inson qo`llari biror ishni bajarish, ko`zlar ko`rish, oyoqlar yurish uchun, inson tanasi esa bularning barini boshqarish uchun xizmat qilar ekan, qolgan narsalarni kiyim va gavdani chiroyli tutgan holda berkitib, muvaffaqiyatli ravishda suratga tushish mumkin.
“AdMe.ru” nashri dunyoda xunuk ayollar bo`lmasligini, har bir ayol o`ziga xosligini, agar o`zlari xohlashsa har qanday kinoyulduzni dog`da qoldirishi mumkinligini isbotlash maqsadida quyidagi maslahatlarni e`tiboringizga havola etmoqda!
1. Qo`l kaftlarini orqaga berkitgancha belni ushlab turish, birinchidan gavdani katta ko`rsatsa, ikkinchidan jahldor ko`rsatadi. Qo`l barmoqlarini oldinga chiqarib, chiroyli manikyur qilingan tirnoqlaringizni namoyish qilsangiz, jahldorlik o`rnini sirlilik egallaydi.
2. Belingizni kuch bilan, qisib ushlamang. Kiyimlar g`ijimlanib, xunuk ko`rinadi.
3. Qo`llarning holatiga e`tibor bering, u tabiiy ko`rinishga ega bo`lishi kerak. Kaftingizni, tirsagingizni kamera tomonga to`g`rilamang, ular erkin holatda bo`lishi lozim.
4.Qo`llaringiz bilan yonog`ingizni ushlab rasmga tushmoqchi bo`lsangiz, barmoqlaringizni yuzingizga qattiq botirmang. Bo`lmasa, bu holatingiz tishi og`riyotgan odamni eslatishi mumkin.
5. Qo`llar erkin holatda turishi kerak, degani uning tana bo`ylab osilib turishi kerak degani emas. Bir qo`lingizni ohista belingizga qo`yib, boshingizni yon tomonga sal qiyshaytiring. Bu holatda qaddi-qomatingizning va yuzingizning chiroyiga urg`u bergan bo`lasiz.
6. Kameraga ko`zingizni lo`q qilib, tikilmang. Xumor ko`zlar va chiroyli lablarni ifodalash uchun boshingizni sal yonga qiyshaytiring, qo`lingizni yuzingizga tekkizib, salgina og`zingizni oching. Tirsagingizni kameraga to`g`rilamaslikka harakat qiling.
7. Kadrda ko`zlaringizni qisib olmang. Ko`zingizning tabiiyligi eng chiroyli holatdir.
8. Kaftingiz bilan yuzingizni to`smang. Yaxshisi o`ng tomonda ko`rsatilgan holatda suratga tushing.
9. Agar qaddi-qomatingizga urg`u bermoqchi bo`lsangiz, qo`lingizni qorningizga emas, belingizga qo`ying. Yopiq holatda tushirilgan surat yoqimsiz ko`rinish hosil qiladi.
10. Zimdan, xo`mrayib tikilish lablarni qalin ko`rsatib, dushmanona qarashni yuzaga keltiradi. Yaxshisi, to`g`riga qarang, gavdangizni qiyalatib, qo`llaringizni yuqoriga ko`taring.
11. Mabodo bo`yniga ustma-ust xalqa ilib olgan Afrika qabilalaridan birining boshlig`i rafiqasi bo`lmasangiz, burningizni bunchalik osmonga ko`tarmang.
12. Qo`llar har doim erkin va bo`shashgan holatda bo`lishi lozim. Buning sababini bilishni istasangiz, ikki suratdagi holatni taqqoslab ko`ring.
13. S`yomka jarayonida tizzangizni bukib, soxta harakatlar bilan bo`yingizni pasaytirmang. Bunday holat notabiiy va xunuk chiqadi.
14. Kadr ko`ngildagiday chiqishi uchun yana bir maslahat, rasmga tushayotganda tanangiz lotincha S harfini yodga solishi lozim. Gavdangizning og`irligini bir oyog`ingizga tashlab, qo`lingizni erkin qo`ying va iyagingizni ozgina ko`taring.