Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo`lim boshlig`i Dilorom Tursunova vaksinaga qarshi ko`rsatmalar haqida so`z yuritdi:
— Butun dunyoda koronavirus pandemiyasiga qarshi eng samarali chora vaksinasiya ekani so`zsiz tan olingan. Shunga qaramasdan, emlash jarayonlarida hushyorlikni yo`qotmaslik, emlanuvchilar vaksina olishdan avval tegishli tibbiy ko`riklardan o`tishlari lozimligi bot-bot takrorlanmoqda.
Qarshi ko`rsatmalarga nimalar kiradi?
* vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirlik;
* anamnezida og`ir allergik reaksiyalarning mavjudligi;
* o`tkir yuqumli va yuqumsiz xastaliklar;
* homilador va emizuvchi ayollar;
* 18 yoshgacha bo`lgan bolalar;
* OIV;
* Covid-19'ning o`tkir shakli alomatlari;
* Covid-19 testining ijobiy natijasi.
Infeksiya yuqtirgan kishi bilan aloqada bo`lgan odam davolanayotgan bo`lsa, tuzalgandan keyin 3 oydan so`ng emlanishi maqsadga muvofiq.
Emlashga bo`lgan barcha turdagi moneliklar emlash punktlarida ro`yxatga olinadi.
⠀