Bu amaliyot mahalliy hokimiyat tomonidan chet elliklarga ko`rsatilgan hurmat belgisidir. Migrasiya bo`yicha xalqaro tashkilotda BMTning Moskvadagi migrasiya bo`yicha agentligi Moskva metrosida o`zbek va tojik tillarida ko`rsatkichlarning paydo bo`lish amaliyotini ijobiy baholadilar. Bu haqda O`zEOAVMA sputniknews.uz tayanib xabar berdi.
Ma`lumot o`rnida, yangi ko`rsatkichlar Moskva metrosining "Prokshino" va "Lesoparkovskaya" stansiyalarida paydo bo`lgan. Bu orqali MDH fuqarolari Saxarovadagi migrasiya markazigacha bo`lgan yo`lni oson topishlari aytilmoqda.
O`zbekiston fuqarolari "chiqish", "Saxarovo migrasiya markazigacha avtobuslar", "Prokshino qishlog`i", "Dubrovka turar-joy majmuasi" singari tanish yozuvlarni ko`rishlari mumkin.