AsosiySport

APLda mart oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi aniqlandi

Angliya Premer-ligasi mart oyi sarhisoblarini qilib chiqdi. Unga ko`ra, “Tottenxem” jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Angliya Premer-ligasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. “Lester” ustozi Klaudio Raneri – eng yaxshi murabbiy. 

O`tgan oyda “Tottenxem” forvardi to`rtta o`yinida beshta gol kiritdi va jamoasining g`alabalariga o`z hissasini qo`shdi. Jumladan, “Aston Villa” (2:0) va “Bornmut”ga (3:0) qarshi  o`yinlarda 22 yoshli hujumchi dubl qayd etgan bo`lsa, “Arsenal”ga qarshi (2:2) kechgan “London derbisi”da muhim golga mualliflik qilgandi. 

“Lester” jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri APLda mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi. O`tgan oyda uning qo`li ostida “Lester” to`rtta o`yindan 3 tasida g`alabani tantana qilgan bo`lsa, bitta o`yinda durang o`ynagan edi. 

Ma`lumot o`rnida, “Lester” 69 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda. “Tottenxem” 62 ochko bilan ikkinchi o`rinda bormoqda.

Boshqa yangiliklar