Bugun o`zbek futbolining afsonasi Mirjalol Qosimov o`zining 51 yoshini qarshi oldi.
Mirjalol Qo`shoqovich Qosimov 1970-yil 17-sentyabrda Toshkent shahrida tug`ilgan. Futbol bo`yicha o`smirlar o`rtasida jahon va yoshlar o`rtasida Evropa chempioni, XII Osiyo o`yinlari g`olibi, 4 karra O`zbekistonning eng yaxshi futbolchisi.
O`zbekiston respublikasida xizmat ko`rsatgan sportchi. Futbolchilik faoliyati davomida Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan.
Jumladan, “O`zbekiston iftixori” faxriy unvoni, “Shuhrat” medali, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlarining sohibi. Hozirda AGMK klubi bosh murabbiyi.
Milliy Olimpiya qo`mitasi tomonidan o`tkazilgan so`rovnomada Mustaqil O`zbekistonning dastlabki 10 yilligidagi eng yaxshi sportchisi deb tan olingan.






