Ma`lum qilganimizdek, bugun poytaxtimizda regbi-7 bo`yicha 18 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasida Osiyo chempionati start oldi. Reglamentga ko`ra, bugungi kun doirasida terma jamoamiz 3 o`yin o`tkazdi. Ularda Qozog`iston va Hindiston jamoalariga mag`lubiyatga uchragan bo`lsak, BAAdan ustun keldik. Ertaga Qirg`izistonga qarshi bahs bilan guruh bosqichi yakunlanadi va jamoalarning o`rniga qarab pley-off bosqichida g`oliblik uchun kurash davom etadi. Bugungi natijalar:
O`zbekiston – Qozog`iston 0:28
Qirg`iziston – BAA 0:61
Qozog`iston – Hindiston 12:10
O`zbekiston – BAA 7:5
Hindiston – Qirg`iziston 63:0
BAA – Qozog`iston 12:10
O`zbekiston – Hindiston – 5:20






