1

Xalqaro Toshkent kinofestivali doirasida O`zbekistonda oltita kinoteatr foydalanishga topshiriladi

Madaniyat 21.09.2021, 11:28
Xalqaro Toshkent kinofestivali doirasida O`zbekistonda oltita kinoteatr foydalanishga topshiriladi

Afsonaviy voqealar qaytmoqda! Bir paytlar Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent kinofestivali nomi bilan atalgan Kinofestival 28 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar O`zbekistonning bir qator shaharlarida asosan, yoshlarning iste`dodini namoyon etishga qaratilgan, yangi, yorqin va innovasion formatda o`tkazilishi kutilmoqda. 

“Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro  kinofestivalini qayta tiklash g`oyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga tegishli. Mazkur anjumanni o`tkazish to`g`risidagi qaror joriy yilning 19 iyun kuni imzolangan. 

"Ipak yo`li durdonasi" - bu xalqaro hamkasblar bilan tajriba almashish uchun innovasion maydon, yilning eng muhim madaniy hodisasi bo`lishi kutilayotgan  muhtasham kino marafonidir. "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali “Tinchlik, ma`rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida o`tadi. 

“Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro  kinofestivalining ochilish marosimi Toshkent shahridagi rekonstruksiya qilingan Kino saroyida o`tkaziladi. 

Uzoq orziqib kutilgan tadbir – “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqarokinofestivali tantanali ochilish marosimixalq orasida “Panorama” nomi bilan mashhur bo`lgan Kino saroyida o`tkaziladi. Ochilish marosimida milliy va jahon kinosi hamda estradasi yorqin  yulduzlari ishtirok etishi kutilmoqda. 

"Quvonarlisi, Kinofestival doirasida Toshkentda va O`zbekistonning boshqa hududlarida oltita kinoteatr foydalanishga topshiriladi", deya xabar bermoqda O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi.

Jumladan, Toshkentda qayta rekonstruksiyalangan  4 ta zal, 3300 o`ringa ega bo`lgan Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyi, salkam 2000 o`rinli Renaissance Hall kino-konsert zali, Samarqandda 3 ta zal va 450 o`rinli "Family Park" kinoteatrlar kino ihlosmandlari uchun eshiklarini ochadi. 

Buxoroda kapital rekonstruksiyadan keyin ikkita zal va 434 o`ringa ega bo`lgan “Buxoro”, ikkita zal 225 o`rinli Chinor Cinema, uchta zal va 340 o`rinli  “Buxoro” SKM (TRS) kinoteatrlari foydalanishga topshiriladi. 

Xivada esa, Xudoybergan Devonov nomidagi 320 o`rinli kinoteatr yangilangan qiyofada tomoshabinlarni qarshi oladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1