1

28 sentyabrdan afsonaviy Toshkent xalqaro kinofestivali start oladi

Madaniyat 21.09.2021, 14:35
28 sentyabrdan afsonaviy Toshkent xalqaro kinofestivali start oladi

O`zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan 28 sentyabrdan 3 oktyabrgacha "Ipak yo`li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali o`tkaziladi. Kinofestivalning tantanali ochilish marosimi Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo`lib o`tadi. 

Ma`lumot uchun, bu yil XIII marta o`tkazilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivali O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan "Ipak yo`li durdonasi" nomi bilan qayta tiklandi va Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yildan boshlab har yili muntazam ravishda o`tkaziladi.

Bu yilgi Toshkent xalqaro kinofestivali “Tinchlik, ma`rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida va "Festivallar festivali" formatida o`tkaziladi.

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida qator tadbirlar o`tkazilishi belgilangan. Shulardan biri, yosh kinoijodkorlar uchun «Kino 5 kunda» tanlovi ishlab chiqilgan bo`lib, unda dunyoning 22 mamlakatidan kelgan yosh rejissyorlar “Buyuk ipak yo`li” mavzusida qisqa metrajli filmlarni suratga olishadi hamda tayyor filmlarni “Yangi avlod kinosi” festivali doirasida namoyish qilishadi.

Shuningdek, kinofestival doirasida 13 ta davlatning kino kunlari o`tkazilishi ham rejalashtirilgan. 29 sentyabrdan boshlab, mamlakatning barcha kinoteatrlarida filmlar namoyishi boshlanadi. Har bir mamlakat o`z filmlarini O`zbekistonning turli hududlari bo`ylab namoyish etadi.

 Jahon kinosi kunlarida namoyish qilish uchun hozirga qadar 150 ta film taqdim etilgan. Ularning asosiy qismi o`zbek tilidagi subtitrlar bilan ko`rsatiladi.

Toshkent Xalqaro kinofestivali doirasida Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent filiali ochilishi bo`lib o`tadi. Bundan tashqari, xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik bitimlari imzolanishi, Kinematografiya agentligi va Rossiya kinokompaniyalari bilan hamkorlikda suratga olingan “Baron-2”, “Quyosh ta`mi”, “Parining sovg`asi” singari kinofilmlar namoyish qilinishi kutilmoqda.

XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga chet el mamlakatlaridan 150ga yaqin mashhur kinoijodkorlar tashrif buyuradi. Ular orasida rejissyorlar, aktyorlar, prodyuserlar, xalqaro kinofestivallar, tashkilotlar, distribyutor kompaniyalarining vakillari o`rin olgan. Festival davomida ushbu taniqli rejissyorlar va aktyorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, mahorat darslari va brifinglar tashkil etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1