1

Ajrashishga shoshilmang: Haqiqiy muhabbatga eltuvchi 7 bosqich

SUG'DIYONA 11.04.2016, 12:13
Teglar: Ayol, Erkak, Ota-ona, Oila, Er-xotin
Ajrashishga shoshilmang: Haqiqiy muhabbatga eltuvchi 7 bosqich

Nega oilalar bir-biriga xiyonat qiladi va janjallashadi? Qanday qilib yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ziddiyatlarni sezish va ularning oldini olish mumkin? Psixologlar bu haqda nima deydi? Baxtli nikohga erishishning kaliti nimada? Bu kabi savollarga oilaviy hayot davomida ko`pchilik duch kelishi aniq. Quyida psixologlarning bu boradagi fikrlari bilan tanishamiz... 

1. Shirin hayot.

Psixologlarning fikricha, bu bosqich taxminan 18 oy davom etadi. Erkak va ayol bir-birini uchratib, yoqtirib qolsa, ularning organizmida dunyoni yorqin ranglarda ko`ra oladigan gormonlar ishlab chiqarilishi boshlanar ekan. Bu vaqtda insonning ko`ziga butun dunyo chiroyli ko`rinadi. Tanlagan insonining tashqi ko`rinishi, ovozi, hamma jihati juda ajoyib ko`rinadi. Fe`l-atvoridagi kamchiliklar ham bilinmaydi. Bu davrda inson sarmast holatda bo`lar ekan. Shunday damda taqdirni o`zgartiradigan jiddiy qarorlar qabul qilmaslik kerak, chunki ertami-kechmi, sarmastlik holati tugaydi va hamma narsa asl rangida ko`rina boshlaydi. 

2. Zerikish.

Hissiyotlar to`lqini tinib, yoningizdagi insonnnig ijobiy va salbiy tomonlari yaqqol ko`rinadi va ularni baholay boshlaysiz. Bu davrda erkak va ayol bir-biriga moslashib qolganligi uchun o`zini asl holicha, ancha tabiiy va erkin tuta boshlaydi. 

3. Nafrat. 

Erkak va ayol o`rtadagi munosabatlar davom etishi uchun bir-birini majbur deb hisoblaydi. Ikkala tomonning ham kamchiligi yaqqol namoyon bo`la boshlagach, janjal, tortishuvlar boshlanadi. Nafrat yuzaga keladi. Bunday paytda ko`pchilik eng oson va yomon yo`lni tanlashni ma`qul ko`radi -xayrlashish yoki  ajrashish. Lekin bunda shoshilmaslik kerak. Siz bir-biringizni sinagan, birga o`tkazgan shirin damlaringizdan osongina voz kechdingiz. Bundan tashqari, yangi inson bilan tanishib qolsangiz, birinchi bosqichdagidek, shirin hayotni boshlab yuborasiz va hammasi yana shu taxlit davom etadi.  

4. Sabr. 

Janjallar va xafalashishlar erkak va ayol o`rtasida bo`lib turadi, lekin ular o`tkinchi, kelishmovchiliklar unutilib, munosabatlar yana davom etadi. Agar er-xotin ikkalasi ham buni anglab, sabr qilishga o`zida kuch topa olsa, o`z-o`zidan aql bilan ish yuritishni ham boshlaydi. Bu tabiat qonuni. Va bu bosqichda er-xotin munosabatlarida aql va vazminlik ustunlik qiladi.   

5. Burch va hurmat bosqichi. 

Bu sevgining birinchi bosqichi, desak ham bo`ladi. Bungacha bo`lgan munosabatlarni muhabbat deb ayta olmaymiz. Chunki, ayni shu bosqichda har bir ayol va erkak o`ziga nima kerakligini emas, sevimli insoni uchun nima qilishi lozimligini o`ylay boshlaydi. O`zining majburiyatlarini tushunish insonni mukammallashtiradi.   

6. Do`stlik. 

Siz bir-biringiz uchun yaqin va qadrdon insonlarga aylandingiz. O`rtangizda eng yaqin do`stlar orasida bo`ladigan ishonch ham paydo bo`ldi. Do`stlik, bu - muhabbat uchun jiddiy tayyorgarlikdir. 

7. Sevgi.  

Haqiqiy sevgiga erishish oson emas. Unga uzoq muddatli yo`l orqali boriladi. Aytish mumkinki, muhabbat ilmi hayotiy vaziyatlar va uzoq davom etadigan yaqin munosabatlar asosida o`rganiladi. Haqiqiy muhabbat bu kallaga nima kelsa, uni qilish degani emas. Sof sevgiga erishish uchun inson avvalo xudbinlik va turli bid`atlardan voz kechishi, kamolga erishishi lozim. 

Xulosa. Har bir inson o`ziga umr yo`ldoshni o`zi tanlaydi. Oilaviy hayotda haqiqiy sevgiga erishish uchun avvalo yaqindan tanishib, keyin do`stlashish, undan so`ng esa sevgi munosabatlarini o`rnatish lozim. Ko`pchilik juftlar birinchi tanishgan davrini sevgi davri deb hisoblaydi. Aslida esa romantika davri tugab, ko`zingizdan rangli ko`zoynak echilgan zahotiyoq ziddiyatlar, tushunmovchiliklar boshlanadi. Ko`pchilik bunday paytda “tamom, hammasi tugadi, sevgi yo`q ekan”, degan xulosaga keladi. Shuni unutmangki, sevgida faqat mazali emas, boshqa ta`mlar ham bor: shirin, achchiq, sho`r, nordon, taxir. Sadoqat va sabr-toqat muhabbatning asosiy talabidir. Agar siz bir marta janjallashganingizda munosabatlaringizda sevgi tugadi, deb o`ylayotgan bo`lsangiz, ishoning, u hali hatto boshlanmagan ham... Haqiqiy sevgi barcha bosqichlardan o`tganingizdan keyin boshlanadi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1