AsosiySport

Samvel Babayan JCh–2018 turnirini saralash uchun Kuala-Lumpurga jo`nab ketdi

Avval xabar berganimizdek, 12 aprel kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Jahon chempionati-2018 saralashining 3-bosqichi uchun qur`a tashlash marosi bo`lib o`tadi. 

O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu qur`a tashlash marosimiga Osiyo Futbol Konfederasiyasi taklifiga muvofiq, O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan hamda terma jamoa menejeri Ramil Ilyosov Malayziyaga jo`nab ketishdi.

Ta`kidlash kerakki, ikkinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o`tgan 12ta terma jamoa esa, 12 aprel kuni Kuala-Lumpur shahridagi “Mandarin Oriental” mehmonxonasida bo`lib o`tadigan qur`adan so`ng, JCh-2018 final bosqichiga yo`llanma beruvchi so`nggi saralash bosqichidagi raqiblari nomini bilib oladilar. 

Eslatib o`tamiz, mazkur saralash bosqichida, 12ta terma jamoa 6tadan ikki guruhga bo`lingan holda JCh-2018 final bosqichi yo`llanmasi uchun kurashni davom ettiradilar.

O`zbekiston millyi terma jamoasi qur`ada Saudiya Arabistoni bilan 3-savatdan joy olgan.

Boshqa yangiliklar