Toshkentning “Paxtakor” klubida Samarqandning “Dinamo” jamoasidan ijara asosida to`p surayotgan Doston Ibragimov va Saidjamol Davletjanovlar tartib-intizom kodeksining bir necha bandlarini buzganligi sababli 1 million so`mdan jarimaga tortildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davletjanov va Ibragimovlar shu yili 23-30 mart kunlari o`tkazilgan O`zbekiston U-19 terma jamoasining yig`inidan o`zboshimchalik bilan ketib qolganligi haqidagi bosh murabbiy Jasur Abduraimov taqdim etgan raport jarimaga asos bo`ladi.
Shu bilan birga yoshlar terma jamoasiga nomzod bo`lgan “Paxtakor” futbol klubi o`yinchisi Jamshid Yusupovga terma jamoaning bir qator yig`inlariga 2-3 kunga sababsiz kechikib kelganligi uchun 500 ming so`m miqdorida jarima solindi.
Jarimaga tortish haqidagi qaror O`zbekiston Futbol Federasiyasining Tartib-intizom qo`mitasi tomonidan qabul qilindi.
Jarimalar kor qilmagan taqdirda Doston Ibragimov, Saidjamol Davletjanov va Jamshid Yusupovlar muayyan muddatga futbolchilik lisenziyasidan mahrum qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
15.03.2023, 11:00
FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...07.05.2022, 09:03
Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...23.10.2021, 22:16
Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...22.10.2021, 14:47
Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...