AsosiyMadaniyat

Bugun Ozod Sharofiddinov haqidagi hujjatli filmning premerasi bo`lib o`tadi

'Bugun Ozod Sharofiddinov haqidagi hujjatli filmning premerasi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Bugun soat 18:00da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Ijod studiyasi” tomonidan yaratilgan O`zbekiston Qahramoni Ozod Sharofiddinov haqidagi hujjatli film premera qilinadi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga tashrifi  va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirig`i ijrosini ta`minlash maqsadida yaratilgan.

Ssenariy muallifi Shuhrat Rizaev, postanovkachi rejissyor Jo`rabek Ro`zmetov, postanovkachi operator Iqboljon Meliqo`ziev.

Adiblar xiyobonida 6 sentyabrdan buyon har kuni bo`lib o`tayotgan premeralar “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar