AsosiyMadaniyat

Toshkent xalqaro kinofestivalida «Qirol sher» multfilmi muallifi Rob Minkoff ham qatnashadi

'Toshkent xalqaro kinofestivalida «Qirol sher» multfilmi muallifi Rob Minkoff ham qatnashadi'ning rasmi

Mashhur animator Rob Minkoff Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi

 

Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan o`tkazilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivalida animasion kinoga ham alohida e`tibor qaratiladi.

Kinofestivalga taniqli xorijiy multiplikatorlar tashrif buyurib, o`z tajribalarini o`rtoqlashishadi.

Toshkent Xalqaro kinifestivalida amerikalik mashhur rejissyor, «Qirol sher» multfilmi muallifi Rob Minkoff mehmon bo`ladi va ishtirokchilar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.  

Rob Minkoff O`zbekistondagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun multfilmlar ishlab chiqarish xalqaro loyihasida ham ishtirok etadi.  

Toshkent xalqaro kinofestivaliga ko`pgina mamlakatlardan bolalar va kattalar uchun  qadrdon multfilmlarni suratga olgan taniqli animatorlar kelishi ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar