1

“101 reys” filmining katta premerasi bo`lib o`tadi

Madaniyat 25.09.2021, 19:36
“101 reys” filmining katta premerasi bo`lib o`tadi

Kinematografiya agentligi tomonidan 28 sentyabr 3 oktyabr kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilayotgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “101 reys" badiiy filmining katta premerasi bo`lib o`tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur kinokartina agentlik buyurtmasiga binoan “Yoshlik kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olingan. Unda 2001 yil 11 sentyabr kuni mash`um terakt tufayli Toshkent-Nyu-York yo`nalishida parvoz qilgan “O`zbekiston havo yo`llari” samolyoti ekipaj a`zolarining favqulodda jasorati to`g`risida hikoya qilinadi.

Ssenariy muallifi va rejissyor Akrom Shohnazarov, ikkinchi rejissyor Go`zal Yusupova, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboev,  rassom Alisher To`laboev.  

Filmda bosh qahramon rolini Hoshim Arslonov ijro qilgan. Rollarda Umid Iskandarov, Samiddin Lutfullaev, Lola Eltoeva, Nigina Anorboeva, Bahora Arslonova, Erkin Bozorov va boshqalar.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1