Qozog`istonning qator hududlarida qor yog`di. Mahalliy OAV bu haqda ma`lum qildi.
Birinchi qor Qo`stonay viloyatining ayrim tumanlarida, shuningdek, viloyat markazida qayd etildi, deb xabar beradi mamlakat axborot agentligi.
Ma`lumotlarga qaraganda , Qozog`istonning boshqa hududlarida qor balandligi hattoki 13 santimetrga etgan.
"Bizda mintaqada qor bor", - deydi instagram foydalanuvchilardan biri o`z hissiyotlarini yashirmay.
Qo`stonay shahrida istiqomat qiluvchi mahalliy aholidan biri esa "Birinchi qor bilan" , - deya xursandchiligini bo`lishmoqda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq hafta oxiriga kelib O`zbekistonda ham ob-havo keskin o`zgarishi haqida yozgan edik.