Davlat statistika qo`mitasi O`zbekiston viloyatlari markaziy hududlari kesimida 2021 yilning sentyabr oyida tayyor palovning o`rtacha narxlariga oid ma`lumotlarni e`lon qildi.
Qo`mita sentyabr oyida mamlakatning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)da kuzatuv o`tkazdi va uning natijalari bo`yicha palovning o`rtacha narxlari quyidagi ko`rinishga ega bo`ldi:

Ro`yxatdan ko`rinishicha, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo`lib, bir porsiyasi 24 250 so`m bo`lgan. Undan keyingi o`rinlarda esa Buxoro (21 333 so`m), Samarqand (20 000 so`m) viloyatlari o`rin oldi. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida, bir porsiyasi 14 714 so`mdan sotilgan.
Qayd etilishicha, narxlarni ro`yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o`tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o`zgarib turadi.






