AsosiyIqtisodiyot

“O`zbekneftgaz” AJning 2020 yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosa berildi

'“O`zbekneftgaz” AJning 2020 yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosa berildi'ning rasmi

Jahondagi yirik to`rtta auditor-konsalting kompaniyalaridan biri hisoblangan, “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan “O`zbekneftgaz” AJning 2016-2017 yillardagi hisoboti uchun 2020 yil 5 iyunda, 2018 yil hisoboti uchun 2020 yilning 24 noyabrida va 2019 yil hisoboti uchun 2021 yilning 31 yanvarida ijobiy auditorlik xulosalari berilgan bo`lib, ushbu xulosalar Jamiyatning rasmiy veb-saytda e`lon qilingan.

Transformasiya qilish, xalqaro kredit reytingini olish, evroobligasiyalar chiqarilishi hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) bo`yicha hisobotlar bo`yicha 2016-2019 yillar uchun barcha konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotlar xalqaro reyting agentliklariga ham taqdim etildi.

Albatta mustaqil xalkaro kredit reytingini olish va evroobligasiyalar chiqarilishi uchun muhim omillardan biri bo`lib, bu “O`zbekneftgaz” AJning oxirgi hisobot davri, ya`ni 2020 yil uchun MHXS asosida tuzilgan konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotidir.

Ijobiy xulosa olish maqsadida, “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaevning 2021 yil 10 fevraldagi 77-sonli buyrug`i qabul qilingan bo`lib, mazkur buyruq asosida “O`zbekneftgaz” AJ ommaviy mas`uliyatga ega kompaniya (kompaniya s publichnoy otvetstvennostyu) maqomida e`tirof etildi hamda joriy yilning may oyida MHXS asosida 2020 yil uchun tayerlangan konsolidasiyalashgan moliyaviy xisobotining audit jarayonlari sentyabr 
oyida muvvafaqqiyatli yakunlandi.

Quvonarlisi, aynan “O`zbekneftgaz” AJ o`z tarixida birinchi marta “Fitch Ratings” kompaniyasining “barqaror” prognozi bilan “BB-” darajasidagi reytingiga ega bo`lgan kunda, ya`ni 30 sentyabrda “Ernst & Young” xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan ham ijobiy auditorlik xulosasi berildi.

Mazkur auditorlik xulosasini olish va konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobot ko`rsatkichlarining shaffofligini ta`minlashda bir qator ekspert hisobotlari ham talab etildi. Jumladan, jamiyatning 2020 yil 31 dekabr holatida er osti uglevodorodlar zahirasi jahonda mashhur “DeGoleyer & MacNaughton” konsalting kompaniyasi, tizim bo`yicha asosiy vositalar va tugallanmagan qurilish ob`ektlarining haqqoniy qiymati qadrsizlanishi 
(iqtisodiy eskirishi) hamda “O`ztransgaz”AJning aksiyadorlik kapitalidagi ulushning haqqoniy qiymati “KPMG Tax & Advisory” baholovchi kompaniyasi hamda xodimlar oldidagi ijtimoiy majburiyatlarning aktur hisob-kitobi “Actuary Service” kompaniyasi tomonidan baholab berildi.

“O`zbekneftgaz” AJning 2020 yil uchun MHXS asosida konsolidasiyalashgan moliyaviy hisoboti bo`yicha olingan mazkur auditorlik xulosasi asosida “O`zbekneftgaz” AJ xalqaro reyting agentliklari, moliyaviy va yuridik konsultantlar bilan hamkorlikda korporativ kredit reytingini olish, xalqaro fond birjalarida o`z evroobligasiyalarini emissiya qilish, xalqaro standartlar asosida korporativ boshqaruvni tadbiq etish va boshqa progressiv tizimlarni joriy etishda muhim asos bo`lib xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar